Farzand

 O‘tkir Hoshimovning ‘‘Daftar hoshiyasidagi bitiklar’’ kitobida shunday satrlar mavjud:’’Bola tug‘dirganlarning hammasi ham Ota bo‘lavermaydi. Bola tuqqanlarning hammasi ham Ona bo‘lavermaydi. Bolaning hammasi ham Farzand bo‘lavermaydi…’’ Darhaqiqat, guruch kurmaksiz bo‘lmaganidek, odamlar orasida ham ‘‘kurmak’’lar uchrab turadi…

Bir qo‘shnim bor. Yon qo‘shnim. Uning dastidan nafaqat mahalla, balki butun tumanimiz ham bezor bo‘lgan, desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Onasi ham uning qilmishlaridan kuyib, farzandini rohatini emas, qabohatini ko‘rib, jigarbandidan oxirgi nafasigacha norozi bo‘lib omonatini topshirdi. U esa hatto, onasining dafn marosimiga ham yetib kela olmadi… Kelgach esa, otasiga ‘‘mehribonchilik’’ qila boshladi… Qanday qilib deysizmi? Shaytonning ham hayoliga kelmaydigan usul bilan… Farzandining noqobil chiqqanidanmi, yoki boshqa sabab bilan ichkilikka ruju qo‘ygan, shishasini ko‘rsa, yosh boladek quvonib ketadigan otasini har kuni ‘‘shayton suvi’’ bilan siylab turadi. Buning evaziga yoshi bir joyga borib qolgan ota kun bo‘yi yer chopadi, hovli tozalaydi… Xullas, tekin mardikor…

Bu manzarani birinchi bor ko‘rganimda daxshatga tushgan edim… Hayolimda xalqimizning:”Ota o‘tirgan uyning hatto tomiga ham chiqib bo‘lmaydi!’’, ‘‘Otangni yuziga tik qarama’’ degan naqli tinimsiz aylanadi…

Dunyoning adolatligini qarang-ki, uning ham bir emas, ikki o‘g‘li bor. Demakki, ilmishlari ikki barobar qaytadi… Axir, bu dunyo qaytar dunyo-ku!

 

 

Zahro Nurzoda

Яна ўқинг:  Кечаги кун ҳикмати

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: