“Kamolot” kubogi g‘olibalari aniqlandi

Poytaxtimizdagi “Kamolot” sport-salomatlik majmuasida badiiy gimnastika bo‘yicha “Kamolot” kubogi musobaqasi o‘tkazildi.

Mamlakatimizning barcha hududlari, jumladan, olis tuman va chekka qishloqlarda ham sharoit va imkoniyatlariga ko‘ra shahardagidan aslo qolishmaydigan zamonaviy bolalar sporti inshootlari barpo etilmoqda. Xalqaro andozalar darajasida jihozlangan markaz va seksiyalar, sport komplekslari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, qizlarning jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishiga doimiy e’tibor qaratilayotir.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, badiiy gimnastika yurtimizda qizlar o‘rtasida jadal ommalashayotgan sport turlaridan biridir.

 “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent shahar kengashi tomonidan tashkil etilgan mazkur musobaqada ellikdan ziyod gimnastikachi o‘zaro kuch sinashdi.

Ikki kun davom etgan musobaqada E’zoza Nurmuhammedova, Shahzoda Hikmatova, Visola Mirahmedova, Laziza Mirzaahmedova, Xonzoda O‘rozboyeva, Madina Abdulhamidova, Malika Ergasheva, Veronika Soy, Dilnura Anvarova, Go‘zal Abdurazzoqova, Nafosat Mannonova, Mo‘tabar Boboxo‘jayeva o‘z yosh toifalarida shohsupaga ko‘tarildi.

 

N.Norboboyev

Yana o‘qing:  Ijodga undayotgan ulug‘ qadriyat

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: