Mushkulingizni oson qiluvchi 9 maslahat

  1. Qozondagi suyuqlik toshib ketmasligi uchun, idish tepasiga yog‘och qoshiq qo‘ying.
  2. Agar siz banka qopqog‘ini ochishga qiynalsangiz, uni biroz muddatga issiq suvga solib qo‘ying. Shunda u osonlik bilan ochiladi.
  3. Tirnoqqa lak surishdan avval uni 15 daqiqaga muzlatgichka qo‘yib qo‘ying. Shunda u pufakchalarsiz tekis suriladi va tezda qotadi.
  4. Agar kichik buyumlaringizni, masalan kichik zirakni yo‘qotib qo‘ygan bo‘lsangiz changyutgich trubasini kapron bilan berkitib izlashingiz mumkin.
  5. Bu orqali kichik buyumni changyutgich “yutib” olishiga to‘sqinlik qilgan va tez fursatda izlaganingizni topishga erishasiz.
  6. Smartfoningizdagi musiqa yanada kuchliroq jarang sochishini istaysizmi? Uni bo‘sh stakan ichiga joylang. Bu ovozni kuchaytiradi.
  7. Ko‘ylakdagi tugmaning yo‘qolishini oldini olmoqchimisiz? Unda qadalgan tugma ostiga  rangsiz lak surib qo‘ying.
  8. Agar og‘zingizda noxush hid kelayotgan bo‘lsa-yu, yoningizda tish pastasi mavjud bo‘lmasa, olma sizga yaqindan ko‘mak bera oladi.
  9. Yangi xarid qilingan tufli oyog‘ingizni siqayotgan bo‘lsa, oyoq kiyim ichiga namlangan gazetani joylang va bu orqali uning kengayishiga erishasiz. Oq kiyimidan suv o‘tishi ko‘plab noqulayliklarga sabab bo‘ladi. Uni zudlik bilan qurutib olishni istasangiz fendan foydalanishingiz mumkin.

 

Xurshida Husenova

Yana o‘qing:  ANTIQA MANTI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: