KULGU ShIFO (2013-11)
– Salom, do‘stim. O‘tgan hafta mendan olgan soyabonni olib ketay deb kirgandim.
– Afsus, og‘ayni. Uni bir oshnam so‘rab oluvdi. Senga judayam zarurmi-di?
– Menga-ku, uncha zarur emas-a, lekin soyabonni menga bergan yigit so‘rayapti – debdi.
* * *
– Do‘xtir, mening qayerimdir yomon og‘riyapti-da.
– Bo‘pti. Men ham hozir sizga qanaqadir dori yozib beraman.
* * *
Bemor shifokorga borib debdi:
– Do‘xtir, men gripp yuqtirib oldim. Nima qilay? – debdi.
– Mendan uzoqroq o‘tiring, – debdi shifokor.
* * *
– Do‘xtir, – dedi kulimsiragancha Nasriddin Afandi, – nimaga menga tilingizni chiqaring, dedingiz-u, o‘zingiz esa tekshirib ko‘rmadingiz?
– Retsept yozib bergunimcha bir zum jim turishingizni xohlagandim, – dedi shifokor jiddiy holatda.