Qahva qoldig‘i yordamida uylar isitiladi
Qahva ichilgach, uning qoldig‘i axlat chelagiga tashlanadi. Ammo aynan ana shu chiqitni samarali qo‘llash uchun Londonning Bio-bean kompaniyasi ularni utilizatsiya qilish va uylarni isitishda foydalanish texnologiyasini taklif etdi.
Buning uchun kompaniya isitish qozonlari uchun qahva qoldig‘idan pelletlar ishlab chiqara boshladi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, 1 kg. qahva qoldig‘i 1000 ta uyni isita oladi.