ChORAK FINALCHILAR NOMI ANIQLANDI

Ushbu hafta futbol ixlosmandlari Yevropa chempionlar ligasi nimchorak final bahslari doirasida bir qator qiziqarli uchrashuvlarning guvohiga aylanishdi. Shubhasiz, ushbu o‘yinlar ichida markaziy uchrashuv sifatida “Barselona” hamda “Milan” jamoalari o‘rtasidagi bahs e’tirof etildi. Jamoalarning dastlabki uchrashuvlarida “Barselona” Italiyada “Milan” mehmoni bo‘lib, 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchragani ushbu uchrashuvga bo‘lgan qiziqishning yanada ortishiga sabab bo‘ldi.

O‘yin kutilganidek kataloniyaliklarning ustunligi bilan boshlandi va 90 daqiqa huddi ana shu holatda davom etdi.

Dastlab uchrashuvning 5 daqiqasida Lionel Messi tezkor gol urib, butun Kataloniyaga umid bag‘ishlagan bo‘lsa, 40 daqiqada uning o‘zi ana shu umidni haqiqatga aylantira boshladi. Shundan so‘ng milanliklar ham qarshi hujumlarda bot-bot ko‘zga tashlana boshlashdi. Ammo, o‘yinning 55 daqiqasida David Vilya tomonidan kiritilgan uchinchi gol “Barselona”ning keyingi bosqichga chiqishi aniq bo‘lganini anglatdi. Nihoyat uchrashuvga o‘yinning so‘ngi daqiqalarida Xordi Alba tomonidan kiritilgan gol nuqta qo‘ydi. Ikki o‘yin natijasi 4:2 va “Barselona” Chempionlar ligasidagi yurishini davom ettiradi.

Ushbu o‘yindan tashqari shu kuni Germaniyaning “Shalke-04” hamda Turkiyaning “Galatasaray” jamoalari ham o‘zaro kuch sinashishdi. Istanbulda o‘tgan dastlabki uchrashuv tomonlarning 1:1 hisobidagi durrangi bilan yakunlangan va har ikki jamoada ham keyingi bosqichga chiqish uchun bir xil imkoniyat mavjud edi.

Javob uchrashuvida garchi turklar birinchi bo‘lib gol o‘tkazib yuborgan bo‘lsalarda, yakunda 3:2 hisobida “Shalke-04”ni o‘z uyida mag‘lub etib, keyingi bosqich yo‘llanmasini o‘zlari uchun ijobiy hal qilishdi.

Dastlab, uchrashuvning 18 daqiqasida Noyshtedter hisobni ochib, “Shalke-04”ni oldinga olib chiqqan bo‘lsada, turklar H. Oltinto‘p, B.Yilmaz hamda Bulutlarning gollari evaziga keyingi bosqichga chiqishdi. Ushbu gollarga javoban “Shalke-04”ning braziliyalik futbolchisi Mishel Bas­tos tomonidan kiritilgan gol amalda hech nimani hal qilmadi.

Shunday qilib, “Galatasaray” chorak finalda o‘z omadini sinab ko‘radi.

Chorshanba oqshomida ham bir qator qiziqarli uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Germaniyaning “Bavariya” jamoasi o‘z uyida Londonning “Arsenal”ini qabul qilgan bo‘lsa, “Portu” Ispaniyada “Malaga” mehmoni bo‘ldi.

Yana o‘qing:  YOSHLAR – YURT TAYANChI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: