Mo‘ynoq turizm markaziga aylantiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoev “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanini 2017–2018 yillarda iqtisodiy rivojlantirish va bandlikni ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanida xalqaro miqyosdagi turizm maskanini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuini tasdiqladi.

Tumanda Moynaq City Center savdo-turizm majmuasi tashkil qilinadi. Bu loyiha doirasida mehmonxona, “Kitoblar dunyosi”, sovg‘alar kioski, fitnes markaz, go‘zallik saloni, optika, internet-kafe bo‘ladi. Sayyohlarga Orol dengizi qirg‘oqlari bo‘ylab kvadrotsiklda uchish, dengizning ajabtovur minerallariga to‘yingan balchiq bilan davolash, Orolning sertuz davolash vannalarini qabul qilish kabi xizmatlar taklif etiladi.

 

uznature.uz

Vam mojet takje ponravitsya...

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: