Uchar avtomobil ko‘pchilikni hayratga soldi

Jenevada namoyishda kelajak avtomobili sifatida qaralatilayotgan “Pop.Up” droni uchar mashinasi ko‘pchilikni hayratga soldi.

Transport kapsulasi to‘rt g‘ildirakda harakatlanishi mumkin. Fazoga esa sakkiz parragi yordamida ko‘tariladi. Yerda ham, ko‘kda ham to‘la avtonom holda ishlaydi.

Kelajak transportida nimaiki bo‘lishi kerak bo‘lsa, unda barchasi mujassam: avtonomlik, elektr yordamida harakatlanish, to‘la “onlaynlik” va hokazo. Yer transportidan havo transportiga aylanishi uchun salondan tushish shart emas. Havoda ham, yerda ham elektromotor yordamida harakatlanadi, ikkala rejim uchun alohida batareyalari bor.

Kompaniya ucharmobilni shaxsiy qo‘llarga bermoqchi emas, umumfoydalanishga topshirmoqchi. Mijoz mobil qurilmasi orqali manzilni ko‘rsatib, uchar taksiga buyurtma beradi. Pop.Up tizimi mavjud infrastruktura va yo‘lovchi istagidan kelib chiqib yo‘nalishni hisob-kitob qiladi.

Yo‘lovchi kapsulasining karbon monokoki uzunligi 2,6, bo‘yi 1,4 va kengligi 1,5 metr. Dronning umumiy o‘lchami esa 5ga 4,4 metr. To‘la avtopilot bilan jihozlangani tufayli istagan yo‘lovchi uning xizmatidan bahramand bo‘lishi mumkin.

 

N.Berdiqobilov

Yana o‘qing:  El salomatligi e’tiborda

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: