VATAN BAYROG’I

Dars tugadi. Hammamiz uyimiz tomon shoshilamiz. Bir guruh sinfdoshlarim bilan katta yo'lning yonidagi yo'lakdan ketayotgan edik. Ro'paramizdan yuqori tezlikda o'tib ketayotgan mashinaga qistirilgan bayroqcha yerga tushib qoldi. Yugurib borib bayroqchani oldim. Sinfdoshlarim: “ko'lmak suvga tushibdi-ku, olma Bonu”, – deyishdi. Darrov e'tiroz bildirdim.

– Bu Vatanimiz bayrog'i. Ustozimiz Mahfuza opamlar, Vatan bayrog'ini sevib ardoqlash kerak, – degan edi.

Bayroqni avaylaganimcha uyga olib keldim. Yuvib dazmollagach, uyga kiraverishga osib qo'ydim. Hilpirashini ko'rsangiz biram chiroyli.

Kechqurun oyim dadamga bo'lgan voqeani gapirib berdi. Dadam yonimga kelib: “Rahmat qizim. Bayroqni sevish Vatanni sevmoqdir, savobli ish qilibsan”, – deb peshonamdan o'pib qo'ydi.

Madinabonu UMRZOQOVA,

Toshket shahar,131-maktab, 2-sinf o'quvchisi

Yana o‘qing:  Sarhadlar daxlsizligi uchun

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: