Sinxron suzish

Sinxron suzish dunyoda eng tez ommalashib borayotgan sport turlaridan biri sanaladi. Quvonarlisi, keyingi yillarda yurtimizda ham bu sport turiga qiziquvchilar soni tobora ortib bormoqda. U o‘zida gimnastika, akrobatika, suzish sport turlarining barcha elementlarini jamlagan bo‘lib, qizlarning salomatligiga ijobiy ta’siri, didining shakllanishida o‘ziga xos o‘ringa ega ekani bilan alohida ajralib turadi.

Alina PIONTKOVSKAYa, “Do‘stlik” ordeni sohibi, terma jamoa murabbiyi:

– Qizlarning ruhan barkamol va jismonan sog‘lom bo‘lib kamolga yetishida sinxron suzishning ahamiyati beqiyos. Qizlar bu sport turi bilan muntazam shug‘ullanish orqali o‘z salomatliklarini tiklash, suzishning bir necha turlarini o‘rganish bilan birga estetik ruhda tarbiyalanadilar ham. Shu bilan bir qatorda ularda harakatlar xotirasi mustahkamlanadi, ijodkorlik qobiliyati o‘sadi. Sog‘lom turmush tarziga odatlanadilar. Ushbu sport turi har bir qizning o‘ziga xosligini aniqlashi bilan ham ahamiyatlidir. Sinxron suzish texnologiyasi yordamida maktab yoshidagi bolalarda jismoniy, estetik, ijodiy qobiliyatlari uyg‘unlashadi.

Bu sport turining tarbiyaviy ahamiyati ham beqiyosdir. Chunki, suvda qizlar chiroyli figuralar hosil qilishlari, bir-birini qo‘llash, sakrash kabi elementlarni sinxron bajarishlari uchun bir oiladek harakat qilishlari zarur. Bu esa ularni o‘zaro do‘stlashtiradi, ahillikka, kelishib ishlashga o‘rgatadi.

Suv havzasiga muntazam kelgan qiz mustaqil fikrlaydigan, chidamli, sog‘lom bo‘lib voyaga yetadi. Sinxron suzish sportining o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqib, musobaqa jarayonida sportchi qizlar bir emas, balki bir nechta dastur bo‘yicha chiqish qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bahslarda ular “solo”, “duet”, guruh chiqishlar yoki “kombo” dasturlarida mahorat va qobiliyatini ko‘rsata oladi.

Quvonarlisi, mamlakatimizda sinxron suzishni ommalashtirish maqsadida nafaqat shaharlarda, balki viloyat va tuman markazlarida ham bu sport turiga ixtisoslashgan seksiyalar faoliyat ko‘rsatmokda. Yil davomida turli bellashuvlarning o‘tkazilishi, musobaqa ishtirokchilarining soni yildan yilga ortib borishi, yetakchi sportchilarimiz qatorida ko‘plab qobiliyatli qizlarning kashf etilishiga zamin hozirlamokda.

 

Savriniso HAKIMOVA, pediatr:

Sinxron suzishda qizlar suv ostidanafas olmay harakatlanishiga to‘g‘ri keladi. Shu tufayli ularning o‘pka, nafas olish tizimi yaxshi rivojlanadi. Qizlar suvda suzish orqali chiniqadilar, kasalliklarga qarshi kurashish xususiyati – immun tizimi mustahkamlanadi, qo‘l-oyoq mushaklari yaxshi rivojlanadi. Sinxron suzish bilan shug‘ullanganlarda badiiy gimnastikaga xos bo‘lgan egiluvchanlik xususiyatlari shakllanadi, qomatlari raso bo‘ladi. Bir nechta sport turlarining yuklamasi bo‘lgani uchun qizlarda chidamlilik, bardoshlilik xususiyatlari oshadi. Ota-onalar bunda farzandlarining taomnomasida vitaminlarga boy bo‘lgan to‘yimli ovqatlar bo‘lishiga alohida ahamiyat berishlari zarur. Mazkur sport turiga tayanch-harakati tizimda o‘zgarishlari, surunkali kasalliklar bo‘lgan qizlarning shug‘ullanishlari tavsiya etilmaydi.

Yana o‘qing:  «Botulizm» qanday kasallik?

 

Yulduz ORTIQOVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: