Olmali “Smayl”

Zarur mahsulotlar: 200 gr. margarin, 10 gr. xamirturish, 0,5 stakan shakar, 2 dona tuxum, tuz, 400 gr. un, 4 dona olma.

Tayyorlanishi: smetana mikroto‘lqinli pechda ilitib olgach, ichiga xamirturish va 2 osh qoshiq shakar solib, iliq joyga olib qo‘yiladi. Xona haroratidagi margarin un bilan uqalangach, ustiga shakar, tuz va ko‘pchitilgan smetana solib, xamir qoriladi. Xamirni ikkita zuvalaga ajratib, 10 daqiqa tindiriladi.

Po‘stidan tozalangan olmalar yarim oy shaklida kesiladi. Tindirilgan xamir 3-4 mm. qalinlikda dumaloq qilib yoyiladi va stakan yordamida kesib chiqiladi. Kesilgan xamir ichiga olma solib, usti yarim oy shaklida yopiladi. Olmali smayl 180 daraja issiqlikda 20-30 daqiqa davomida pishirib olinadi. Tayyor shirinliklarni dasturxonga tortishdan avval qand upasi sepiladi.

Yoqimli ishtaha!

 

BEGOYIM

Yana o‘qing:  Pensionerlar uchun yangi qulaylik

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: