HASHAR – ELGA YARASHAR
Xalqimizda azaldan tozalik va orastalikka, obodonchilik ishlariga alohida e’tibor qaratilgan. Yurtdoshlarimizning ana shu fazilatlari joriy yilning “Obod turmush yili”deb nomlanishida yana bir karra namoyon bo‘ldi.
E’tiborlisi, obodlikka qaratilgan harakatlar o‘zbek xalqining to‘yu-tantanalari, maraka va turli bayramlari sababli hamda bunyodkorlik ishlarida yanada yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Faqat o‘zimizgagina xos bo‘lgan hasharning qadriyat darajasiga ko‘tarilgani ham bejiz emas. Zero, xalqimiz hasharni mehr-oqibat, ishonch hamda do‘stlik rishtalarini mustahkamlovchi vosita sifatida e’zozlab keladi.
Kuni kecha poytaxtimizdagi 110-maktabda Navro‘z bayrami oldidan hashar tashkil qilinib, unda o‘qituvchi va o‘quvchilar faol ishtirok etishdi. “Yaxshidan bog‘ qoladi” shiori ostida uyushtirilgan mazkur tadbirda o‘quvchilar tomonidan 220 tup archa hamda 450 tup mevali daraxtlar ekilib, maktab hududi obodonlashtirildi.
Ikki kun davom etgan hasharda 1500 nafardan ziyod 5-va 9-sinf o‘quvchilari hamda o‘qituvchilar faol ishtirok etdi. Ayniqsa, 8-, 9-sinf o‘quvchilari tashabbusi bilan maktab hovlisida gulzor barpo etilgani, barchaga birdek xursandchilik ulashdi.
O‘z muxbirimiz