YAQIN DO‘ST, YAXShI HAMROH
Yurtimizda ta’lim tizimini tubdan isloh qilish bo‘yicha erishilgan ijobiy natijalar jahon hamjamiyati tomonidan yuqori baholangani soha xodimlari oldiga yanada yangi vazifalarni qo‘ydi.
Jumladan Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan “ZiyoNET” jamoat axborot ta’lim tarmog‘ini rivojlantirish, o‘quvchi yoshlar va jamoatchilik uchun foydali hamda ommabop mavzulardagi ilmiy maqolalar, ta’limiy va ijtimoiy materiallar bilan boyitish galdagi muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Ushbu dastur doirasida bir nechta loyihalar tashkil qilingan. Fikr.uz, Tanlov.uz va uTube.uz lar esa pedagog va o‘quvchi-talabalar uchun eng ommabop va ayni damda zaruriy axborot manbasiga aylanib ulgurdi. Ushbu loyihalar asosida bir qancha madaniy-ma’rifiy, iqtisodiy-tahliliy va ilmiy-ommabop axborotlar keng jamoatchilikka yetkazilmoqda. Shuningdek mamlakatimizda zamonaviy fikrlovchi va dunyo hamjamiyatida o‘z o‘rni va mavqeiga ega yosh avlodni shakllantirish maqsadida Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori tarmoq faoliyatida yangi vazifalarni belgilab berdi. Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida portalning Fikr.uz saytida “Chet tili” va “ICT for Yenglish teachers” bloglari shakllantirildi va ushbu jamoaviy bloglardagi materiallardan dars jarayonlarida bevosita foydalanish yo‘lga qo‘yildi. uTube.uz ta’limiy videportalida “Chet tillari” bo‘limi ochildi.
Bulardan tashqari inliz tilini o‘yin usulida o‘rgatuvchi dasturiy ta’minotlar tarmoqning “Kutubxona” bo‘limiga bosqichma-bosqich joylashtirib borilmoqda.
Shuningdek, Xalq ta’limi vazirligi, UZINFOCOM markazi hamda “O‘zbekiston” radiokanali bilan hamkorlikda ingliz tilida yozilgan insholar tanlovini o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
Ayni vaqtgacha portalga 40 000 ga yaqin ta’limiy resurlar joylashtirildi hamda 16 000 nafar foydalanuvchi ID.UZ yagona ro‘yxatdan o‘tish tizimidan ro‘yxatdan o‘tkazildi. Bugungi kunda tarmoqdan foydalanuvchilar coni 30 000 nafardan oshib ketdi.
“ZiyoNET” portalida o‘quvchi-yoshlar uchun foydali bo‘lgan elektron darsliklar, qiziqarli o‘yinlar va boshqotirmali resurslarni jamlab portalga joylashtirish, yoshlarimizning chet tillarini mukammal egallashlarida “ZiyoNET” portali imkoniyatlarini yanada kengaytirish bugungi kundagi dolzarb vazifalarimizdan biri hisoblanadi.
U.Taylakov
“ZiyoNET” XTV huzuridagi bo‘limi boshlig‘i