Olxo‘ri qoqisining 10 foydali xususiyati

Yangi uzib olingan olxo‘ri mevasiga qaraganda, uning meva qoqisi o‘zida juda ko‘p foydali xususiyatlarni saqlaydi. Quritilgan mevalar ichida olxo‘ri qoqisi o‘zining munosib o‘rniga ega.

  1. Uning tarkibi eriydigan (zararli xolesterinlarni “eritadigan”) va erimaydigan (ichaklar faoliyatini yaxshilaydigan) to‘qima (kletchatka)larga boy.
  1. Mazkur meva qoqisi tish emalining zararlanishdan asraydi, uni mustahkamlab kariyesdan himoyalaydi.
  1. Olxo‘ri qoqisi o‘zida antibakterial xususiyatlarni jamlagan.
  1. U organizm faoliyatini yaxshilaydi. Natijada esa bu insonning ishga bo‘lgan layoqatini ortishiga sabab bo‘ladi.
  1. Ushbu meva qoqisi organizmdagi kislota-ishqor muvozanatini bir me’yorda saqlashga ko‘maklashadi.
  1. U ichki a’zolar faoliyatini yoshartirish va sog‘lomlashtirish xususiyatiga ega.
  1. Olxo‘ri qoqisi o‘zida ajoyib tozalash xususiyatini jamlagan (u qabziyat bilan kurashib, organizmdan xiltlarni haydash xususiyatiga ega).
  1. U yuz rangini go‘zallashtiradi.
  1. Mazkur meva qoqisi avitaminoz va kamqonlikda yaqindan yordam beradi.
  1. U xavfli o‘sma kasalliklariga qarshi kurashadi.

 

 

Xurshida Husenova

Yana o‘qing:  Dudlangan pishloqli salat

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: