Marg‘ilon ipagidan yaralgan mo‘jiza
Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahridagi “Yodgorlik” mas’uliyati cheklangan jamiyatida ipakdan to‘qilayotgan gilam, adras, atlas va boshqa matolar sifati va dizayni bilan xaridorlarga manzur bo‘lmoqda.
Milliy hunarmandlik an’analari asosida tayyorlanayotgan “Lola”, “Xosiyatxon”, “Tonggi yulduz”, “Quyosh”, “Qaldirg‘och”, “Ko‘ngil og‘ochi”, “Yetti tog‘ chechagi” nusxali gilamlar xorijga eksport qilinmoqda.
– Mamlakatimizda milliy qadriyatlarimizni tiklash, rivojlantirish, hunarmandlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga qaratilayotgan doimiy e’tibor bizni yanada izlanishga undamoqda, — deydi korxona rahbari A’zamjon Abdullayev. – 150 kishilik jamoamizda mahsulot sifatiga alohida e’tibor qaratilayotgani xorijda ham xaridorlarimiz ko‘payishida muhim omil bo‘lmoqda.
Muqimjon Qodirov,
O‘zA muxbiri