Tvorogli shirinlik
Zarur mahsulotlar: 2 stakan un, ½ stakan smetana, ½ stakan shakar, 100 gr. margarin, 1 dona tuxum, tuz, soda kerak bo‘ladi. Nachinka uchun: 350 gr. tvorog, 1 osh qoshiq manniy yormasi, 1 osh qoshiq un, 2 osh qoshiq smetana, 1 dona tuxum.
Tayyorlanishi: idishga margarin shakar bilan g‘ijimlanadi. Ketidan un, tuz va soda solib yumshoq xamir qilib uni paketda solib 30 daqiqaga muzlatkichga olib qo‘yiladi. Xamirimiz tayyor bo‘lgunga qadar nachinkani tayyorlab olinadi.
Buning uchun idishga tvorog, shakar, manniy yormasi va smetana solib aralashtiriladi. Bir dona tuxum oqini ko‘pirtirib qo‘shiladi. Nachinka tayyor.
Xamirni olib 3 sm. qalinlikda yoyilib mayda doira shakilda kesib olinadi. Doiralar ichiga nachinka solib yarim oy shaklida berkitiladi. Ustiga tuxum sarig‘i surtib chiqiladi. Qizigan gaz pechiga 200 daraja 15 daqiqaga qo‘yiladi. Mazali tvorogli shirinlik tayyor. Yoqimli ishtaha!
BEGOYIM