Shifokor bemor kelishini kutishi kerak emas, kasallikning oldini olishi zarur

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida Qarshi shahrida qurilayotgan Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi Qarshi filiallari loyihalari taqdimotida ishtirok etdi.

Sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirishimiz zarur bo‘lgan ishlarimiz ko‘p. Ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari faoliyatida ham yechimini kutayotgan masalalar anchagina. Mavjud markazlar filiallarini viloyatlarda tashkil etish bilan ko‘plab masalalarga yechim topish mumkin, dedi Prezidentimiz.

Mamlakatimizdagi kardiologiya, jarrohlik, ko‘z mikroxirurgiyasi, urologiya, terapiya va tibbiy reabilitatsiya, endokrinologiya, pulmonologiya va ftiziatriya, akusherlik va ginekologiya, dermatologiya va venerologiya, pediatriya va boshqa yo‘nalishlardagi maxsus ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarida yuqori sifatli xizmat ko‘rsatilmoqda.

Prezidentimiz tashabbusi bilan aholiga endokrinologiya sohasida profilaktika, diagnostika va davolash yordami ko‘rsatishning zamonaviy tizimi yaratilgani xalqimiz salomatligini mustahkamlashga xizmat qilayotir. Sohaga ilg‘or ilm-fan yutuqlari joriy qilinayotgani natijasida gipofiz bezi, qalqonsimon bez xastaliklari, qandli diabet asoratlari tufayli kelib chiqadigan buyrak yetishmovchiliklari va boshqa og‘ir xastaliklar samarali davolanmoqda.

Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 150 o‘rinli Qarshi filialida yiliga 700-800 jarrohlik amaliyoti o‘tkazilishi ko‘zda tutilmoqda. Diabetik nefropatiya, umumiy endokrinologiya va diabetologiya, qalqonsimon bez va diabetik to‘piq jarrohligi kabi bo‘limlarni o‘z ichiga olgan markaz eng so‘nggi rusumdagi tibbiy uskunalar bilan jihozlanadi.

Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi Qarshi filialida klinik-bioximik laboratoriya, avtoklav, poliklinika, rentgen-endovaskulyar jarrohlik bo‘limi, aritmologiya, arterial-gipertenziya, yurak ishemik kasalliklari, reabilitatsiya, kardiojarrohlik bo‘limlari tashkil etiladi. 120 o‘rinli markaz joriy yilning dekabr oyida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Prezidentimiz mazkur loyihalar bilan tanishar ekan, bu markazlarning tashkil etilishidan maqsad aholiga yanada ko‘proq qulayliklar yaratish, ularning sog‘lig‘ini ishonchli himoya qilish ekanini alohida ta’kidladi. Bir narsani esdan chiqarmaslik lozim: markaz xodimlari bemorning kelishini kutishi kerak emas, aholi orasida yurib profilaktika va tibbiy madaniyatni oshirish bilan shug‘ullanishi lozim.

Davlatimiz rahbari Qashqadaryo viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining yangi binosi loyihasi bilan tanishdi.

Bugungi kunda mazkur shifoxona 1990 yillarda qurilgan binoda joylashgan bo‘lib, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishda bir qancha noqulayliklar keltirib chiqarmoqda. Eng so‘nggi rusumdagi tibbiy uskunalar bilan jihozlanishi kutilayotgan shifoxonada virusli gepatitning oldini olish, diagnostika va davolash ishlari olib boriladi.

Yana o‘qing:  Istiqbolli loyihalar taraqqiyot tayanchi

Prezidentimiz aholining tibbiy madaniyatini oshirish, mahallalar, ta’lim muassasalarida yuqumli kasalliklarning oldini olish bo‘yicha keng ko‘lamli tushuntirish ishlarini olib borish kerakligini alohida ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoev viloyatda poliklinikalar, tuman tibbiyot birlashmalari faoliyatini takomillashtirish, tez tibbiy yordam xizmatlarini yangidan tashkil qilish, qishloq vrachlik punktlarini optimallashtirish, tibbiyotning turli yo‘nalishlari bo‘yicha markazlar tashkil etish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.

 

Abu Bakir O‘rozov,

O‘zA 

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: