Chen Ji: joriy yilda 60 nafar kollej bitiruvchisini Xitoyga malaka oshirishga yuborishni rejalashtirganmiz

O‘zbekiston izchil rivojlanayotgan davlatlar qatoriga kiradi. Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasida turli sohalardagi mavjud samarali hamkorlik jadal rivojlanib bormoqda. Biz ham mazkur hamkorlik natijalariga o‘z hissamizni qo‘shayotganimizdan mamnunmiz.

O‘zbekistonda barcha sohalar qatori yengil sanoat tarmoqlarini rivojlantirish uchun ham juda katta imkoniyatlar mavjud. Serquyosh iqlim va unumdor zaminda yetishtirilgan paxta tolasiga bugun jahon bozorida talab katta. Mamlakatingizda yetishtirilgan paxta sifati va tolasining pishiqligi bo‘yicha dunyoda yetakchilardan hisoblanadi. Paxtadan tayyorlangan mahsulotlar ikki barobar ko‘p daromad keltiradi. Kompaniyamiz bu imkoniyatlarni har tomonlama chuqur o‘rgandi.

Kompaniyamiz rahbarlari O‘zbekistonda bir necha marta bo‘lib, bu yerdagi sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. O‘zbekistondagi chet ellik investorlarga yaratilgan qulay muhit bizga har tomonlama ma’qul bo‘ldi. To‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “LT Tekstil Interneyshnl” qo‘shma korxonasida Qashqadaryo viloyatida yetishtirilgan paxta tolasini qayta ishlab, bozorga tayyor mahsulot chiqarish mo‘ljallangan. Birinchi bosqichda paxta tolasidan ip-gazlama ishlab chiqariladi. Bu jarayon joriy yilning ikkinchi choragidan boshlanadi. Ikkinchi bosqich 2018 yilning to‘rtinchi choragida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev loyiha bilan tanishib, uni tezroq ishga tushirish choralarini ko‘rishni taklif qildi. Bu taklif bizga ham ma’qul bo‘ldi.

Mazkur loyihani tayyorlash jarayonida O‘zbekistonning barcha viloyatlari iqlim sharoitini o‘rgandik. Qashqadaryo viloyatini tanlaganimiz bejiz emas. Bu hududda yetishtirilgan paxta tolasining pishiqligi, sohaga ixtisoslashgan kasb-hunar kollejlarining mavjudligi e’tiborga olindi. Joriy yilda 60 nafar kollej bitiruvchisini Xitoyga malaka oshirishga yuborishni rejalashtirganmiz. Bu ularning sohani chuqur o‘rganishida va samarali foaliyat boshlashida muhim omil bo‘ladi.

Hamkorlikda olib borayotgan ishlarimiz ikki tomon uchun ham manfaatli bo‘lishiga ishonamiz.

 

Chen Ji,

“LT Tekstil Interneyshnl” qo‘shma

korxonasi direktori.

O‘zA 

Yana o‘qing:  Bobo, duongizga ehtiyojim bor

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: