Hamyurtimiz Antaliyadagi turnirda chorak finalda
Iste’dodli tennischimiz Jo‘rabek Karimov Turkiyaning Antaliya shahrida o‘tkazilayotgan “Fyuchers” turnirining saralash bahslarida muvaffaqiyatli odimlayapti.
Kecha Jo‘rabek asosiy to‘rning ilk davrasida shvetsiyalik Patrik Bridolfga qarshi kortga chiqdi. Uchrashuvda hamyurtimiz skandinaviyalik raqibini 6: 2,6: 3 hisobida mag‘lub etdi. Uning ikkinchi bosqichdagi raqibi turkiyalik Sem Ilkel bo‘ladi.
Jo‘rabek mazkur turnirning juftliklar bahsida chorak finalga chiqdi. Musobaqaning mukofot jamg‘armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Terma jamoamiz a’zosi rossiyalik Kiril Dmitriyev bilan juftlik hosil qilgan. Ular ilk davrada braziliyalik Pedro Bernardi va gvatemalalik Kristofer Diaz-Figueroani 6: 2,6: 3 hisobida taslim etishdi.