Tibbiyot muassasalari rahbarlari hokim tomonidan tayinlanadi

Toshkentdagi tibbiyot markazlari bosh shifokorlari, shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi, shahar diagnostika markazi va tumanlar tibbiyot birlashmalari rahbariyati shahar hokimi tomonidan tayinlanadi.

Toshkent xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Farida Abdurahimovaning qayd etishicha, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 7 fevral kuni shu haqda qaror qabul qilgan. Avval tayinlash huquqi Sog‘liqni saqlash vazirligiga tegishli edi. Toshkent shahar hokimi Rahmonbek Usmonovning 17 fevraldagi qarorida bir joyda 10 yildan ortiq faoliyat olib borgan rahbarlarni rotatsiya qilish mexanizmini tatbiq etish ko‘zda tutilgan. Hujjat bilan tibbiyot muassasalari xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish ham rejalashtirilgan.

Yana o‘qing:  Sport kiyimlari topshirildi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: