Dori-darmon va tibbiyot vositalari xarid qilish uchun ajratilayotgan mablag‘ oshiriladi
Toshkent shahar hokimi Rahmonbek Usmonov “Toshkent shahrida sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish, tibbiyot muassasalari faoliyatini boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish hamda uning samaradorligini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga imzo chekdi.
Hujjatga ko‘ra, endilikda Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi tizimidagi shifoxonalarga dori-darmon va bog‘lov vositalarini xarid qilish uchun ajratilayotgan mablag‘lar kamida ikki barobarga oshiriladi. Shifoxonada yotib yoki statsionar tartibda davolanayotgan bemorlarni tibbiyot muassasasida mavjud dori-darmon vositalari bilan tanishtirib borish maqsadida barcha palatalarda dori-darmon vositalarining ro‘yxatlari o‘rnatilib, bemorlar tomonidan olib keltirilishiga qat’iyan chek qo‘yiladi.