Onam duosi
Yo'limda uchrasa nogoh ozorlar,
Oyog'imdan chalib qilsa bezorlar,
Do'st-yorning mehriga bo'lsamda zorlar,
Ko`nglimni asraydi onam duosi.
Raqiblar to'ldirar ko'zimni yoshga,
Zulmatda manzilim olis quyoshga,
Nogohon boshimni urganda toshga,
Ko`zimni asraydi onam duosi.
Tushkunlikka tushsam bir kuni oxir,
Buni tan olmoqlik bo'ladi og'ir,
Ammo chekinmayman do'stlarim axir,
O`zimni asraydi onam duosi.
Shahnoza QODIROVA,
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat
pedagogika universiteti talabasi