Korrupsiyaga qarshi kurashish – farovon hayot kafolati

2017 yil 3 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga imzo chekdi.

Ushbu huquqiy hujjat 6 bob, 34 moddadan iborat bo‘lib, qonun korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni, unga qarshi kurashish prinsiplarini, ushbu sohadagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini, faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari va ularning vakolatlarini, Korrupsiyaga qarshi kurashish Idoralararo komissiyalarining vazifalarini hamda huquqbuzarliklarni aniqlash, ularga chek qo‘yish, javobgarlikning muqarrarligi kabi huquqiy normalarni o‘zida mujassam etuvchi huquqiy mezon hisoblanadi.

Qonunning qabul qilinishi mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, xalqning chinakam erkin va farovon hayot tamoyillariga yo‘g‘rilgan barqaror va yakdil jamiyat qurishdek buyuk maqsadlarini amalga oshirishga ko‘maklashadi.

Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari – qonuniylik, fuqarolar huquqlari hamda erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi, ochiqlik hamda shaffoflik, tizimlilik, davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi, javobgarlikning muqarrarligi kabi huquqiy normalardir (4-modda). Hujjatda aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, bu illatga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, oqibat, sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish kabi huquqiy normalar ushbu sohadagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari qilib belgilangan.

Qonunning 2-bobida ushbu faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari hamda tashkilotlar va ularning vakolatlari belgilangan. Ushbu bobning 8-moddasida esa Korrupsiyaga qarshi kurashish Idoralararo komissiyalarini tashkil etilishi hamda ularning maqsad va vazifalari haqidagi huquqiy normalar mavjud. Shuningdek, unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi vakolatlari ham belgilangan (7-modda). Qolaversa, qonunda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi tadqiqotlar davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi va rag‘batlantirilishi ham ta’kidlab o‘tilgan (30-modda). E’tiborlisi, undan ommaviy axborot vositalariga oid huquqiy normalar ham joy olgan.

Uning 18-moddasi “Ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy ta’lim va tarbiya” deya nomlanadi. Unda ta’limni boshqarish organlari va ta’lim muassasalari korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat sayosatining asosiy yo‘nalishlarini inobatga olgan holda ta’lim muassasalarida huquqiy ta’lim va tarbiyaga, mutaxassislarni kasbiy tayyorlashning sifatini oshirishga, ta’lim dasturini doimiy ravishda takomillashtirib borishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishiga oid huquqiy normalar belgilangan.

Yana o‘qing:  Go‘shtli toblama

Yangi qonun mazmun-mohiyati bilan O‘zbekiston Respublikasida adolatli, insonparvar demokratik-huquqiy jamiyatni barpo etishda davlatimiz qonunchiligining yana bir mezoni bo‘lib, o‘zbek xalqi ijtimoiy-ma’naviy qadriyatini yuksaltiruvchi, inson manfaatlari uchun xizmat qiladigan huquqiy hujjat vazifasini bajaradi. Ushbu yangi qonun mamlakatimizda amalga oshirilayotgan chuqur islohotlarning ifodasi va barqaror taraqqiyotimiz, Vatan tinchligining yana bir kafolatidir.

 

Ravshan SA’DULLAYEV,

Chilonzor tuman Ichki ishlar bo‘limi tergovchisi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: