Dillarga zavq ulashib

Ertamiz vorislari – yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar ularni yangi marralar sari undamoqda. O‘tkazilayotgan fan olimpiadalari, ko‘rik-tanlovlar, ijodiy bellashuvlar o‘quvchilarni bilim-ko‘nikmalarini mustahkamlashga zamin yaratib, ko‘plab iqtidor egalarini kashf qilmoqda. Toshkent Qurilish va milliy hunarmandchilik kasb-hunar kollejida ham bu borada qator ibratli ishlar amalga oshirilmoqda.

O‘quvchilarning har tomonlama puxta bilim olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan mazkur ta’lim maskanida turli tadbirlar, bellashuvlar, muntazam o‘tkaziladi. Shu bois ham shahar va respublika miqyosida o‘tkazilgan fan olimpiadalari, milliy hunarmandchilik bo‘yicha turli ko‘rik-tanlovlarda bir necha bor g‘oliblikni egallagan o‘quvchilar ko‘pchilikni tashkil etadi.

8 mart – Xalqaro xotin qizlar kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbir ham yigit-qizlarni o‘z iqtidorini namoyon etishga imkon yaratdi. Kollej direktori Shuhrat Inoyatov xotin-qizlarning jamiyatda tutgan o‘rni, ularga yaratilgan keng imkoniyatlar xususida so‘zladi. O‘quvchilar ijrosidagi kuy va qo‘shiqlar, jozibali raqslar, sahna ko‘rinishlari yig‘ilganlarni olqishiga sazovor bo‘ldi. Bayram shukuhi dillarni quvontirib, ko‘ngilga bir olam zavq bag‘ishladi.

G.NORBOYEVA,

Kollej o‘qituvchisi

Yana o‘qing:  Giyohvandlik muammosi – jurnalistlar nigohida

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: