ShHTga a’zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi
2017-yilning 14-17-fevral kunlari Pekin shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va O‘zbekiston vakillari uchrashuv davomida Davlat rahbarlari kengashining bo‘lajak majlisi va ShHT nizomiy organlarining boshqa tadbirlariga tayyorgarlikning borishini muhokama qilishdi.
2017-yilga mo‘ljallangan ShHTning Asosiy tadbirlar rejasi tasdiqlandi.
Milliy koordinatorlar tashkilot faoliyati kun tartibining joriy masalalari yuzasidan ham fikr almashdilar.
MKK majlisida ShHT Bosh kotibi Rashid Alimov ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi saytidan olindi.