O‘zbekiston hamda XMT o‘rtasidagi hamkorlik qanday xarakterga ega?

2017 yil 16 fevral kuni Mehnat vazirligida Xalqaro Mehnat Tashkiloti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vaziri Xalqaro mehnat byurosi bosh direktorining maxsus maslahatchisi Kari Tapiola, XMTning bosh texnik maslahatchilari Stiven Makklelland, Anton Xauzen va XMT eksperti Oksana Lipkanudan iborat delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda A. Abduxakimov O‘zbekistonda munosib mehnat sharoitlari prinsiplarini amalga oshirishda XMT tomonidan ko‘rsatilgan ko‘mak uchun minnatdorchilik bildirdi va O‘zbekiston hamda XMT o‘rtasidagi hamkorlik bosqichma-bosqich va konstruktiv xarakterga ega ekanligi qayd etildi.

Shuningdek, O‘zbekiston va XMT o‘rtasida izolangan munosib mehnat dastur muhim ahamiyatga ega ekanligi bildirildi. Mehnat vaziri ijtimoiy hamkor va boshqa tashkilotlar tomonidan bolalar va majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilmasligiga qaratilgan tushuntirish ishlari faol olib borilishini qayd etdi.

Qolaversa, O‘zbekiston zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish va bandlik xizmatini faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash tarafdori ekanligi bildirildi.

O‘z navbatida K. Tapiola O‘zbekistonda paxta yig‘im-terimi mavsumida majburiy va bolalar mehnatini bartaraf etishga qaratilgan ko‘lamli ishlar amalga oshirilganligi, mamlakat mehnat sohasidagi xalqaro majburiyatlarga mas’uliyat bilan qarayotganligi, davlat, ish beruvchi va kasaba yuushmalari o‘rtasidagi ijtimoiy hamkorlik munosabatlari davom etayotganligini bildirdi.

A. Xauzen esa XMT O‘zbekistoning mehnat sohasida eng muhim talablarni, shuningdek, aholi bandligi va ijtimoiy himoya sohalari bilan bog‘liq bo‘lgan yo‘nalishlarni shakllantirish va amalga oshirishda qo‘llab-quvvatlashda davom etishini qayd etdi.

Uchrashuv davomida 2017–2020 yillarga mo‘ljallangan “Munosib mehnat sharoitlari dasturi”ni yangi memorandum va uni amalga oshirish bo‘yicha aniq rejalarni ishlab chiqish masalalari hamda XMT tashabbusi bilan tashkil etilgan milliy muloqot doirasida navbatdagi “Mehnat sohasining kelajagi” tadbirini o‘tkazish masalalari muhokama etildi.

Uchrashuv yakunida munosib mehnatni ta’minlashga qaratilgan turli loyihalarni amalga oshirish va kelgusida ham samarali hamkorlik munosabatlarini davom ettirish tayyor ekanliklarini bildirishdi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi

Axborot xizmati

Yana o‘qing:  XOTIRJAMLIK SIRI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: