FIFA referisi bilan uchrashuv

Poytaxtimizdagi «Orom» 38-umumta’lim maktabida FIFA referisi Ravshan Ermatov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda mamlakatimizda yoshlarning yuksak ma’naviyatli, barkamol avlod bo‘lib voyaga yetishi uchun barcha sharoit va imkoniyatlar yaratilgani alohida ta’kidlandi.

R.Ermatov 2003 yildan buyon FIFA tasnifidagi futbol bo‘yicha deyarli barcha nufuzli turnirlarda hakamlik qilmoqda. O‘zbek o‘g‘loni besh marotaba “Osiyoning eng yaxshi hakami”, deb tan olindi. Xalqaro futbol uyushmalari federatsiyasi uni 2011 yilda “Jahonning eng yaxshi hakami” sifatida e’lon qildi. 2015 yili futbol olamining nufuzli mukofotlaridan biri – “Globe Soccer Awards” sovrinini qo‘lga kiritdi.

Ravshan Ermatov 2010 yili Janubiy Afrika Respublikasi va 2014 yili Braziliyada o‘tkazilgan futbol bo‘yicha jahon chempionatlarida ishtirok etdi. Jahon chempionatlari final bosqichida eng ko‘p – 9 uchrashuv boshqarib, dunyo rekordini o‘rnatdi.

Ravshan Ermatov O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov farmonlariga muvofiq 2010 yili “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni, 2014 yilda “El-yurt hurmati” ordeni va 2015 yil “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan.

– Xalqaro maydonlarda Vatanimizni sharaflash, uning obro‘si yuksalishiga hissa qo‘shish – eng oliy baxt, – deydi Ravshan Ermatov. – Nufuzli musobaqalarda hech kimdan kam emasligimiz va kam bo‘lmasligimizni isbotlashdek ezgu maqsadimga yetishganimdan xursandman.

Uchrashuvda o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

                                                                                                                  

Bayram Aytmurodov,

O‘zA muxbiri

Yana o‘qing:  Partiya fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi yangi qarorlarning ahamiyatiga bag‘ishlandi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: