O‘z insoningizni izlang…

Ernesto Bonivur

 

Jo‘shqin, kuchli, baxtli insonlarni izlang… Ular go‘yoki yulduzlarga o‘xshaydi, boshingizni yuqoriga ko‘tarmaguningizcha, ko‘ra olmaysiz. Ko‘zingiz yulduzlar olamiga g‘arq bo‘lganida, ularning son-sanog‘i yo‘q ekanligini anglaysiz. O‘z insoningizni izlang. Ularga ham nihoyatda og‘ir. Ularda ham qora kunlar, xatolar va ayriliqlar bo‘ladi. Biroq u insonlar doimo qo‘rquv orasidan yurishga tayyor,  ular siljishlardan ta’sirlanadi, hayot sur’atini o‘nglaydi. Ularning hayoti ba’zida yaxshi, ba’zida yomon. Ular havas qilgulik  va achingulik insonlar emas. Ular  sizga omadingizdan quvonish va o‘zingizni sevishingiz uchun taqdirning tuhfasidir.

Ishonchli va halol insonlarni izlang. Ikkiyuzlamachi va yolg‘on tabassum ulashuvchi insonlardan  qahr va g‘azabini  bekitmaydiganlarni izlang. U o‘ylaganini gapiradi. Mayli ba’zida bu yoqimsiz bo‘lsin, mayli u ba’zida yuragingizni qattiq larzaga solsin.  Ammo, halol bo‘lsin. Qahr bilan emas. Toki muhabbat bilan. Chin dildan quvonib, baland ovozda, baralla kula olsin. O‘z shodligini bekitmasin, undan iymanmasin.

Umrbod seva oladigan insonlarni izlang. Sevgingizga arziydigan va kuta oladigan insonlarni izlang. Ikki yolg‘iz ko‘lning qo‘shilishidan dengiz paydo bo‘ladi. Hayotingizning katta bo‘lagini izlang. Qayg‘uli, quvnoq, kichik, katta bog‘larning sahnasidan izlang. Ular biroz bola tabiat bo‘lishadi, hayotga ezgu ishonch bilan qadam tashlashadi. Ular hammasini: qorani ham, oqni ham ko‘rib turishipti, albatta. Ammo sariq, qizil, ko‘k ranglardan zavq olishmoqda… Ularni izlang. Faqat boshni baland ko‘tarish kerak xolos.

 

Xurshida HUSENOVA tarjimasi

Yana o‘qing:  Tuzdan yaxshisi voz keching

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: