Piyoda yurish sog‘liq uchun foydali
Piyoda yurish salomatlikni mustahkamlash usuli sifatida har qanday yosh va jins vakillariga mos keladi.
Muntazam ravishda toza havoda piyoda sayr qilish salomatlikni mustahkamlaydi, kayfiyatni ko‘taradi. Nafas olish, mushak, qon-tomir tizimlarining yaxshi ishlashini ta’minlaydi.
Mushaklar faolligi venalar bo‘ylab qon aylanishini yaxshilaydi. Oqibatda venalarning varikoz kengayishi profilaktikasi amalga oshadi, organizmdan tiqinlar (xiltlar) chiqarib yuboriladi.
Faol energetik jarayonlar ortiqcha yog‘lardan xalos etadi. 15 daqiqa o‘rtacha sur’atda yurish (1,5 km) 100 kkal energiyani sarflaydi.
Doimiy piyoda yurish immunitetni mustahkamlaydi, chidamlilikni oshiradi, ruhiy salomatlikka ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, uyquni yaxshilaydi.
Shifokorlarning so‘zlariga qaraganda, bir soat davomida piyoda yurish yarim soat yugurishdan ko‘ra foydaliroq.
Har bir inson vaqt va sayr yo‘nalishlarini salomatligidan kelib chiqib belgilashi kerak.
Kunora 30 daqiqadan kam bo‘lmagan muddatda piyoda sayr qilgan maqul. Agar ishxonangiz uzoqda bo‘lsa, o‘zingizni bir necha bekat piyoda yurishga o‘rgatishingiz kerak.
Unutmang, ertalab piyoda yurish ish kuni oldidan tetiklashtirsa, kechkisi – uyquni mustahkamlaydi.
Xurshida HUSENOVA