Ajrashayotgan er-xotinning farzandi nomidagi mulk kimga tegadi?

Savol: Mening ikki nafar farzandim bor. Turmush o‘rtog‘im bilan ajrashmoqchiman. O‘rtamizda nikoh davomida orttirlgan mol-mulkimizni taqsimlamoqchimiz. Lekin, voyaga yetmagan farzandlarimdan birining nomiga olingan avtomobil mavjud. Bunday vaziyatda qanday chora ko‘riladi?

 

Er va xotinning umumiy mol-mulki er va xotin o‘rtasida o‘zaro kelishuv asosida bo‘lib olinishi mumkin. Er va xotinning xohishi bilan ularning umumiy mol-mulkni bo‘lish to‘g‘risidagi o‘zaro kelishuvi notarial tartibda tasdiqlanishi mumkin.

Nizo tug‘ilgan hollarda er va xotinning umumiy mol-mulkini bo‘lish, shuningdek er va xotinning bu mol-mulkdagi ulushini aniqlash sud tartibida amalga oshiriladi.

Umumiy mol-mulkni bo‘lishda sud er va xotinning har biriga mulkning qaysi qismi berilishi lozimligini aniqlaydi. Er (xotin)ga unga qarashli ulushdan oshiq qiymatga ega bo‘lgan mol-mulk beriladigan hollarda, xotin (er)ga tegishli pul yoki o‘zga kompensatsiya belgilanishi mumkin.

Oilaviy munosabatlar tugatilganda, sud er va xotin alohida yashagan davrda orttirgan mol-mulkni ulardan har birining o‘z mulki deb topishi mumkin.

Voyaga yetmagan bolalar ehtiyojini qondirish uchun olingan buyumlar (kiyim-bosh, poyabzal, maktab va sport jihozlari, musiqa asboblari, bolalar kutubxonasi va boshqalar) bo‘linmaydi hamda bolalar er va xotindan qaysi biri bilan yashasa, unga kompensatsiyasiz beriladi.

Er va xotinning umumiy mol-mulki hisobidan o‘rtadagi voyaga yetmagan bolalar nomiga qo‘yilgan omonatlar o‘sha bolalarga tegishli hisoblanib, er-xotinning umumiy mol-mulkini bo‘lish paytida e’tiborga olinmaydi.

Er va xotinning umumiy mol-mulki ular nikohda turgan davrda bo‘lingan taqdirda, er va xotin mol-mulkining bo‘linmay qolgan qismi, shuningdek er va xotin tomonidan ular nikohda turgan davrda orttirilgan mol-mulk keyinchalik ularning birgalikdagi umumiy mulkini tashkil qiladi.

Nikohdan ajralgan er va xotinning umumiy mol-mulkni bo‘lish to‘g‘risidagi talablariga nisbatan uch yillik da’vo muddati qo‘llaniladi.

 

Savolga Toshkent shahar Mirobod tumani “Xuquqshunoslik minbari” advokatlik firmasi advokati Qaxramon Mo‘minjonov javob berdi.

Vam mojet takje ponravitsya...

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: