Ingliz tilidagi insholar tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

O‘zbekiston ingliz tili o‘qituvchilari uyushmasi ( UzTEA)ning YLDP – “Yosh yetakchilarni qo‘llab-quvvatlash loyihasi”, O‘zbekiston Respublikasi o‘rta-mahsus, kasb-hunar ta’limi markazi, “Abituriyent” gazetasi tomonidan 5-marotaba o‘tkazilayotgan ingliz tilidagi respublika insholar tanlovining final bosqichi uyushmaning Toshkentdagi Inha Universiteti bilan hamkorligi doirasida joriy yilning 4 fevral sanasida Toshkentdagi Inha Universiteti binosida bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi saytida ma’lumot berilgan.

Insholar tanlovining dastlabki bosqichida O‘zbekistonning barcha viloyatlaridagi o‘rta mahsus kasb hunar ta’limi muassasalaridan “Mening yurtim, mening faxrim (My Country, My Pride)” mavzusida ingliz tilida yozilgan 400 dan ortiq insholar qabul qilindi. Birinchi bosqichda 43 ta yeng yaxshi insho mualliflari va ularning ustozlari (har bir viloyatdan 3 tadan) saralab olindi va ikkinchi bosqichga taklif etildi. Final bosqichida ishtirok etayotgan barcha ishtirokchilarga loyiha va hamkor tashkilotlarning mahsus sovg‘alari topshirildi. Respublika bosqichining g‘oliblari (1-o‘rin — Shahnoza Shahobiddinova NamDU 1-AL — 2 000 000, 2-o‘rin No‘monov Abror — FDU qoshidagi Farg‘ona AL — 1 000 000 va 3 o‘rin Tursunboyev Qudratulla JIDU qoshidagi AL — 700 000 so‘m) pul mukofotlari bilan taqdirlandilar. Bundan tashqari, an’anaga ko‘ra, qatnashchilar uchun Toshkent shahri bo‘ylab sayohat ham tashkil etildi.

Ko‘rik-tanlovning taqdirlash marosimi O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasining katta zalida bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir doirasida loyihaning 3 yilligi hamda e’tiborli so‘zlashuv klubi “Leaders Talk” (Sardorlar suhbati) ning navbatdagi yig‘ilishi ham o‘rin oldi. Klubning bu galgi yig‘ilishiga ingliz tilida ravon so‘zlashadigan RIO 2016 Olimpiadasining g‘olibi Ixtiyor Navruzov va sport jurnalisti Amir Sa’dulloyev tashrif buyurdilar.

Ushbu bellashuvni tashkil qilishdan qo‘zda tutilgan asosiy maqsadlardan biri yoshlarda ingliz tilida insho yozish ko‘nikmasini hosil qilish, Vatanga muhabbat, g‘urur tuyg‘ularini yuksaltirish, O‘zbekiston kelajagi uchun qayg‘uradigan yoshlarni birlashtirish va uning buyuk tarix, yorqin kelajakka ega ekanligini inglizcha insholarda yoritishdir.

O‘zbekiston ingliz tili o‘qituvchilari uyushmasining ushbu loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet tillarini o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda “O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori va dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida 2014 yilning fevral oyida tashkil etilgan.

Yana o‘qing:  Germanskoye obsh’estvo po mejdunarodnomu sotrudnichestvu (GIZ) GmbH

 

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi sayti ma’lumotlari asosida tayyorlandi.

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: