Qunt va izlanish muvaffaqiyatga chorlaydi

Mutaffakkirlardan biri “Bizning butun qadr-qimmatimiz tafakkurda jamlangan. To‘ldira olmaydigan makon va zamon emas, aynan shu fikrlarimiz bizni yuksaklikka ko‘taradi” degan edi.

Shunday ekan, ko‘zlangan marrani zabt etish uchun tafakkurni mudom bilim bilan oziqlantirib borish lozim.

Shu yilning 12-18 yanvar kunlari Qozog‘istonning Almati shahrida matematika, fizika va informatika fanlari yo‘nalishida 13-xalqaro olimpiada bo‘lib o‘tdi. Unda 18 davlatdan kelgan 182 nafar bilimdon o‘zaro bilimdonlik bahsiga kirishdi. Quvonarlisi, olimpiadada hamyurtlarimiz muvaffaqiyatli natijalarga erishib, ona Vatanimiz bayrog‘ini yuqori ko‘tarishdi.

Jumladan, bilimlar bahsining matematika yo‘nalishida Buxoro Davlat universiteti qoshidagi 3-son akademik litseyi o‘quvchisi Abdumalik Abduqayumov kumush, ushbu ta’lim maskanining yana bir o‘quvchisi Sirojiddin Nurmanov esa fizika yo‘nalishida bronza medalini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi 2-son akademik litsey o‘quvchisi Temurbek Xo‘jaqulov ham bronza medalga sazovor bo‘ldi.

– O‘quvchim Abdumalik Abduqayumovning muvaffaqiyatidan juda xursand bo‘ldim. U uch yil ushbu xalqaro olimpiadaga tayyorgarlik ko‘rdi. O‘tgan yili respublika olimpiadasida muvaffaqiyatli qatnashib, mazkur xalqaro bellashuvga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan edi. Uning kelajakdagi eng katta orzusi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabasi bo‘lish, – deydi Buxoro Davlat universiteti qoshidagi 3-son akademik litseyi o‘qituvchisi Gulnora Jumayeva.

Sirojiddin Nurmanov ham viloyatning Qorako‘l tumanida joylashgan 3-son akademik litseyning eng bilimdon o‘quvchilaridan. U ustozi Hasan Bozorov bilan mazkur nufuzli olimpiadaga jiddiy tayyorgarlik ko‘rdi. Mehnatlari o‘z samarasini berib, uning chuqur bilimi xalqaro miqyosda e’tirof etildi.

– Oilamizda fiziklar yo‘q, ammo bu sohaga bolalagimdan qiziqaman. Ushbu natijalarga erishishimda ustozim Hasan Bozorovning hissasi juda katta. Endilikdagi asosiy maqsadim joriy yilning iyun oyida Indoneziyada fizika fani bo‘yicha o‘tkaziladigan xalqaro olimpiadada ham muvaffaqiyatli qatnashib, oltin medalni qo‘lga kiritish, – deydi S. Nurmanov.

Shijoati baland, yuksak marralar tomon zafar-la odimlayotgan kelajagimiz egalariga doimo g‘alabalar yor bo‘lishini tilab qolamiz.

 

X. HUSENOVA

Yana o‘qing:  Poytaxtda muz saroyi quriladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: