Parisi bor uy

keksalar duosidan baxt bunyod bo‘ladi

Xalqimizda “Qarisi bor uyning parisi bor” degan maqol bejiz aytilmagan. Boisi, keksalarimiz xonadonlarimiz fayzi. Ular avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan milliy qadriyatlarimiz, an’analarimiz, bir so‘z bilan aytganda, bebaho merosimizni ajdodlardan avlodlarga yetkazuvchi ibrat maktabidir.

Nuroniylarimizning har bir so‘zi yoshlar uchun hikmat, bosib o‘tgan yo‘li esa hayot maktabidir.

Prezidentimiz tomonidan 2017 yilni “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deya nomlanishi davlat idoralari bilan bir qatorda jamoatchilik tashkilotlari zimmasiga ham katta mas’uliyat yukladi. Yoshi ulug‘ insonlarga e’tibor va amaliy g‘amxo‘rlikni kuchaytirish, tibbiy xizmat va ijtimoiy-maishiy ta’minotni yaxshilash ustuvor vazifalar etib belgilandi. Shu maqsadda pensioner, yolg‘iz qariya va nogironlarga davlat ko‘magini kuchaytirish bo‘yicha keng qamrovli chora-tadbirlar kompleksi ishlab chiqildi. Buni Prezidentimizning 2016 yil 28 dekabrdagi “O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonining qabul qilinishida ko‘rish mumkin.

Aytish kerakki, bugungi kunda yurtimizda o‘zining ilg‘or faoliyati bilan barchaga o‘rnak bo‘layotgan mahallalar bisyor. Toshkent shahridagi “Beshqayrag‘och” mahalla fuqarolar yig‘ini ana shunday tarbiya o‘choqlaridan biri bo‘lib, hozirda bu yerda 8 mingga yaqin aholi ahillikda yashab kelmoqda. Shulardan, 700 nafarga yaqini nuroniy otaxon va onaxonlar bo‘lib, har bayramda ular holidan xabar olish, suhbatlaridan bahramand bo‘lishni mahallaning har bir fuqarosi o‘z burchi deb biladi.

– Mahallada istiqomat qiladigan, xastaligi tufayli mustaqil yura olmaydigan Ixtibor aya To‘laganovaga tuman ijtimoiy ta’minot bo‘limi bilan hamkorlikda nogironlar aravachasi topshirildi, – deydi “Beshqayrag‘och” mahalla fuqarolar yig‘ini qoshidagi “Nuroniy” jamoatchilik kengashi raisi Sharifa Alimova. – Bundan tashqari kuni kecha mahallamizdagi 32 nafar nuroniyning O‘zbek Milliy akademik drama teatriga sayohati uyushtirildi. Bu esa keksalarimiz doimo e’zozda ekanidan dalolat.

Yuqorida ta’kidlanganidek, mahallada yoshlarga o‘rnak bo‘ladigan, katta hayotiy tajribaga ega bo‘lgan ko‘plab nuroniylar istiqomat qiladi. Ularning maslahatlari, yo‘l-yo‘riqlari yoshlarga katta hayotda munosib o‘rin topishlari uchun asqotmoqda. Shunday tabarruk insonlarimiz bor ekan ona Vatanimiz bundan-da gullab-yashnayveradi.

 

Charos XUSHVAQTOVA,

“Sog‘lom avlod” muxbiri

Yana o‘qing:  Ayol aziz

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: