Pedagoglar mashg‘ulotlar jarayonida aloqa vositalaridan foydalanishi mumkinmi?

O‘quvchilarning dars paytida telefondan foydalanishi taqiqlangan. Buni bilamiz. Ammo pedagoglar mashg‘ulotlar jarayonida aloqa vositalaridan foydalanishi, qo‘ng‘iroqlarga javob berishi mumkinmi?

Nigora SOBITOVA,

Toshkent shahri

“O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanishni tartibi to‘g‘risida”gi nizom barcha turdagi davlat va nodavlat ta’lim muassasalari hamda ta’lim oluvchilarga, shuningdek, ta’lim muassasalarining barcha toifadagi xodimlariga nisbatan birday tatbiq etiladi.

Nizomga ko‘ra ta’lim muassasasiga kirishda har bir ta’lim oluvchi, xodim va boshqa shaxslar o‘z telefonining chaqiruv ovozini to‘liq o‘chirib qo‘yishi (“ovozsiz” rejimga o‘tkazishi) shart.

Yuqoridagi hujjatning 12-bandida qayd etilishicha, ta’lim muassasasining o‘qituvchilari va boshqa xodimlari:

– o‘quv mashg‘ulotlari vaqtida telefondan foydalanish huquqiga ega emas;

– darsdan tashqari vaqtda ta’lim oluvchilar ishtirokida telefondan foydalanishni imkoni boricha cheklashlari shart.

 

Savollaringizga poytaxtimizning Shayxontohur tumanidagi 7-son davlat notarial idorasi notariusi Iroda MUSAYEVA javob berdi.

Yana o‘qing:  Yugurish uchun qish yilning eng yaxshi fasli

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: