Ispancha omlet
Zarur mahsulotlar: 3 dona tuxum, 2 osh qoshiq sut, pishloq, go‘sht, pamidor, ta’bga ko‘ra tuz, murch va o‘simlik yog‘i kerak bo‘ladi.
Tayyorlanishi: pamidor va pishgan go‘shtni mayda kubik shaklda to‘g‘rab olamiz. Pishloqni esa qirg‘ichdan chiqaramiz. Alohida idishga tuxumlarni sut, tuz solib yaxshilab aralashtirib olamiz. Qizigan tovaga yog‘ solib tuxumli massadan ozgina solib pishiramiz. Bir tomoni pishgandan so‘ng ustiga pamidor, go‘sht va pishloqni solib rulet shaklda o‘raymiz. Qolgan omletlarni ham xuddi shu tartibda pishirib olamiz.
Dasturxonga tortishdan avval o‘z didingizga qarab bezatishingiz mumkin.
Begoyim