Quymoqli tort
Zarur mahsulotlar: 10 gr. saryog‘, 600 gr. sut, 3 ta tuxum, 1 stakan kakao, 5 choy qoshiq shakar, ta’bga ko‘ra tuz, soda, un. Kremiga. 250 gr. tvarog, 2 osh qoshiq quyiltirilan sut, 200 gr. smetana. Glazuriga: 100 gr. shokolad, 6 gr. saryog‘, 0,5 stakan sut.
Tayyorlanishi: saryog‘ni eritib olamiz. Sutni esa ilitib olamiz. Alohida idishga un, kakao va shakarni solib aralashtiramiz. Keyin tuxumni solib mikser yordamida aralashtirishda davom etamiz. Oz-ozdan saryog‘ va sut solib mikser qilamiz. Shu ketma ketlikda massani tayorlab olamiz. Qizigan tovaga bir cho‘michdan solib quymoqlarni pishirib olamiz.
Bir dona quymoq quyib ustiga krem surtamiz va ustiga yana quymoq xamridan qo‘yamiz. Shu ketma-ketlida davom etib quymoqlarni taxlab chiqamiz. Eng ustiga shokoladli glazurni ustidan quyaib bir tekisda qilamiz.
Tortimiz tayyor.
Begoyim