“FARZANDLARI SOG`LOM YURT – QUDRATLI BO`LUR”
“Sog`lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg`armasi tashkil topganining 20 yilligi munosabati bilan “Sog`lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg`armasi hamda “Sog`lom avlod” gazetasi hamkorligida yoshlar o`rtasida “Farzandlari sog`lom yurt – qudratli bo`lur” tanlovini e’lon qiladi
Tanlov 2013-yil aprel oyining oxirgi haftasida yakunlanib, quyida berilgan savollarga to`g`ri javob yo`llagan g`oliblar nomi gazetaning maxsus sonida e’lon qilinadi. G‘oliblar “Sog`lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg`armasining 20 yilligi munosabati bilan o`tkaziladigan tadbirda jamg`arma tomonidan qimmatbaho sovg`alar bilan taqdirlanadi.
Savollar:
1. O`zbekiston Respublikasining ilk ordeni qachon ta’sis etilgan va u qanday nomlanadi?
2. “Sog`lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg`armasi tashkil etilgan sana.
3. “Sog`lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg`armasi qaysi yo`nalishlarda faoliyat yuritadi?
4. Mamlakatimizda 2000-yil qanday nomlangan?
5. “Sog`lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg`armasi qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tashkil etayotgan “Salomatlik poyezdi” mutaxassislari asosan yurtimizning qaysi hududlaridagi aholiga xizmat qilmoqda?
6. Qaysi yil “Barkamol avlod yili” deb nomlangan?
7. “Sog`lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg`armasi tomonidan har yili yosh musiqachilar o`rtasida o`tkaziladigan ko`rik-tanlovlar nomini ayting.
8. “Sog`lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg`armasi respublika miqyosida qanday sport musobaqalarini tashkillashtirmoqda?
9. Tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi haqida nimalarni bilasiz?
10. Jamg`arma qaysi davlat dasturlari loyihalarini tuzishda faol qatnashgan va ularni amalga oshirishda hukumatga ko`maklashmoqda?
11. “Ona va bola skriningi” Davlat dasturining mohiyati nimadan iborat?
12. Jamg`arma homiyligidagi “Kamalak jilosi” hamda “Maftunkor ranglar dunyosi” rasmlar ko`rik-tanlovlarida kimlar ishtirok etadi?
13. Reproduktiv salomatlik nima?
14. “Sog`lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg`armasi xalqimiz genofondini sog`lomlashtirish uchun qaysi davlat dasturlarini amalga oshirishda faol ishtirok etmoqda?
15. “Sog`lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg`armasining xalqaro hamkorlari haqida qanday ma’lumotga egasiz?
16. “Sog`lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg`armasining tibbiy yo`nalishda qanday loyihalari mavjud?
Mazkur savollarga eng yaqin aloqa bo`limlari orqali “Sog`lom avlod” gazetasi tahririyatiga yoki jamg`armaning fondsau@yahoo.com, gazeta tahririyatining maktub@soglom.uz elektron pochtalariga yuboring. Tanlov bo`yicha batafsil ma’lumotni www.soglom.uz sayti orqali ham olishingiz mumkin.
SAVOLLARGA TO`G`RI JAVOB YO`LLANG VA G`OLIB BO`LING!