Sabzili kotlet
Zarur mahsulotlar: 700 gr. sabzi, 50 gr. manni yormasi, 3 osh qoshiq shakar, 100 gr. sut, 3 ta olma, 2 dona tuxum, 30 gr. sariyog‘, 40 gr. mayiz, 0,5 choy qoshiq dolchin, vanilin, un, o‘simlik yog‘i.
Tayyorlanishi: mayiz issiq suvda 20 daqiqa ivitib olinadi. Olmalar mayda to‘g‘ralib, mayiz bilan aralashtiriladi. So‘ng qirg‘ichning mayda tarafidan sabzini chiqarib, sariyog‘ bilan aralashtiriladi.
Alohida idishga tuxum, ta’bga ko‘ra tuz, shakar, vanilin va sabzili qorishmani solib, yaxshilab aralashtiriladi. So‘ngra uning ustiga ozgina un solib, quyuq holga kelguncha aralashtiriladi. Keyin undan bir qoshiqda olib, ichiga olmali masalliq solinadi va aylana shaklga keltirib olinadi. Yarim tayyor bo‘lgan kotletlarni qizib turgan yog‘da ikki tomoni qizargunga qadar o‘rta olovda pishirib olinadi. Tayyor kotletlarni dasturxonga tortishdan avval xohishingizga ko‘ra bezatishingiz mumkin.
BEGOYIM