Uch ekranli noutbuk
Amerikaning “Razer” kompaniyasi CES 2017 ko‘rgazmasida o‘zining yangi noutbuki loyihasini taqdim etdi. U uchta 17 dyumli displey bilan jihozlangan. Loyiha “Project Valerie” deb ataladi.
Noutbukning og‘irligi 5 kilogramm bo‘lib, u ochilgach, ikkita qo‘shimcha displeyni turli tomonlarga surish va shu tariqa katta ekranga ega bo‘lish mumkin. Har bir displey IGZO texnologiyasi bo‘yicha ishlab chiqilgan bo‘lib, 4K kengligini qo‘llab-quvvatlaydi. Ulardagi tasvir NVIDIA G-Sync texnologiyasi yordamida moslashtiriladi.
Noutbuk mexanik klaviatura, video xotirasi 8 Gb. bo‘lgan NVIDIA GeForce GTX 1080 videokartasi, 32 Gbli operativ xotira, shuningdek, eng zamonaviy sovutish tizimiga ega.
V. PO‘LATOVA