Imkon bo‘lsa, ko‘mak bering

Orzular! Turli-tuman, rang-barang orzular… Hadsiz, adoqsiz orzular. Albatta, hayotda hammaning o‘z orzulari bor. Kimdir Eyfel minorasini, kimdir Tojmahalni ko‘rishni orzu qilsa, boshqa birov Makkatilloni tavob qilishni diliga tugadi. Yana kimdir farzandining ilm olishi, o‘qib el koriga yarashini xohlasa, kimdir mashina sotib olib berishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Birov yig‘ib-terib elga to‘y berishni, allakim dengiz sohilida oftobda toblanib orom olishni orzu qiladi… ORZUning borligi yaxshi, ijobati undan ham totlidir.

Keling, bir-birimizning orzularimizga qanot bo‘laylik!

Zuhra endi 7 yoshga qadam qo‘ymoqda. Qizaloqning ham hayotda o‘z orzusi bor. Tengdoshlari qatori yugurib o‘ynashni, benuqson harakatlanishni, hayotdan zavqlanib yashashni orzu qiladi. Bu nafaqat uning orzusi ota-onasi, yaqinlarining ham yuksak umid va istagidir.

Zuhra Xudoyberganova bel sohasi tug‘ma kifozi bilan og‘rigan. Yaqinda qizaloqning orzulariga qanot bita boshladi. Turkiyaning “Liv Xospital” klinikasi shifokorlari jajji bemorning kasallik tarixi bilan tanishib, jarrohlik operatsiyasi orqali sog‘lomlashtirishi haqida taklif jo‘natishdi. Joriy yilning 20 fevralida Zuhraxon onasi Maxsuma Ahmedova hamrohligida Istanbulga jo‘nab ketishi zarur. Qizaloq ham, ota-onasi ham bundan juda mamnun. Ammo yosh ota-ona farzandining oydin orzusi ushalishi uchun yaxshi insonlarning moddiy ko‘magiga ehtiyoj sezayotir!

E’TIBORINGIZNI DARIG‘ TUTMANG.

 

AKB “Turonbank” Yashnobod filiali

h/r 23118000900001083505

MFO 01083

INN 207122866

 

Onasi Maxsuma Ahmedova.

Uy: (0371) 298-71-57

Mob: (+99890) 917-47-06

Yana o‘qing:  Har narsada me’yor yaxshi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: