“Bavariya” chempionlar ligasida “Arsenal”ni mag‘lubiyatga uchratdi

Myunxenning “Bavariya” klubi Yevropa Chempionlar ligasi nimchorak finalida doirasida kechgan bahsda Londonning “Arsenal” jamoasini mag‘lubiyatga uchratdi. 19 fevral oqshomida Londonda bo‘lib o‘tgan o‘yin 3:1 hisobida mehmonlar foydasiga hal bo‘ldi.

“Bavariya” uchrashuvning 7-daqiqasidayoq Toni Kroosning aniq zarbasidan so‘ng hisobda oldinga chiqib oldi. 21-daqiqada esa Tomas Myuller mehmonlar ustunligini yanada mustahkamladi. 55-daqiqada Lukash Podolski hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi, ammo oradan ko‘p o‘tmay aniqrog‘i uyinning 77-daqiqasida Mario Manjukich tomonidan kiritilgan gol o‘yindagi yakuniy hisobni ta’minladi.

Seshanba kuni bo‘lib o‘tgan Chempionlar ligasi nimchorak final bosqichining yana bir uchrashuvida “Portu” o‘z maydonida “Malaga”ni 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. O‘yindagi yagona golni 56-daqiqada Joau Moutinyu urdi.

Kecha tunda ham Chempionlar ligasi nimchorak final bosqichi nav­batdagi uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Turkiyaning “Galatasaray” klubi Istanbulda Germaniyaning “Shalke-04” jamoasini qabul qilgan bo‘lsa, “Barselona” Italiyada “Milan” mehmoni bo‘ldi.

Yana o‘qing:  Immunitet pasayishi xastalikka yo‘l ochadi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: