Orol bo‘yidagi ekologik inqiroz oqibatlarini kamaytirish yo‘lida
BMT agentliklari Orol bo‘yidagi ekologik inqiroz oqibatlarini kamaytirish bo‘yicha qo‘shma dasturni ishga tushirmoqda.
BMTning inson xavfsizligi Maqsadli fondi tomonidan moliyalashtirilayotgan va BMTning agentliklari amalga oshirayotgan “Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘psheriklik fondini tashkil qilish orqali Orol fojiasidan zarar ko‘rgan aholining turmush sharoiti salohiyatini mustahkamlash” qo‘shma dastur uch yil mobaynida uchta namunali tumanlarida iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik xavfsizlikni yaxshilashga ko‘maklashadi.