O‘zbekiston aholisi soni 32 million kishidan oshdi
2017 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 32,121 million kishini tashkil qildi. 2016 yil boshidan buyon mamlakat aholisi soni 545,8 ming kishiga yoki 1,7 foizga ko‘paydi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.