Qishloqdan chiqqan chempion

Dubay shahrida karate bo'yicha bolalar, yoshlar va kattalar o'rtasida o'tkazilgan xalqaro turnirda Sardor Yahyoyev oltin medalni qo'lga kiritdi. Qirqdan ziyod davlatdan mingdan ortiq sportchi ishtirok etgan nufuzli musobaqada o'n uch yoshli iqtidorli sportchimiz Gruziya, Falastin, Birlashgan Arab Amirliklari va Misr karatechilarini mag'lubiyatga uchratib, shohsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarildi.

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida bunyod etilayotgan zamonaviy sport inshootlari, ularda yaratilgan keng shart-sharoitlar samarasida mamlakatimiz bolalari sport bilan muntazam shug'ullanib, hech kimdan kam bo'lmay voyaga yetmoqda.

Sardor Yahyoyev ham besh yoshligida Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi sport to'garagiga qadam qo'yganida nimjongina bolakay edi. Shuning uchun dastlabki mashg'ulotlar unga qiyin tuyuldi, sport bilan shug'ullanish fikridan qaytmoqchi ham bo'ldi. Lekin ota-onasining qo'llab-quvvatlashi va murabbiylarining ko'magi unga dalda bo'ldi. Tinimsiz mashg'ulotlar orqali tajribasi oshdi, tuman, viloyat, so'ng mamlakat miqyosidagi musobaqalarda yuqori natijalarni qo'lga kirita boshladi.

– Sport o'g'limning sog'lom, matonatli va qat'iyatli bo'lib o'sishiga xizmat qilmoqda, – deydi otasi O'ktamxon Najmiddinov. – Sport tufayli o'g'limda vatanparvarlik, g'alabaga intilish, yuqori maqsadlarni ko'zlash va shu yo'lda tinimsiz mehnat qilish fazilatlari mustahkam qaror topmoqda.

Sardor xalqaro maydondagi musobaqalarda o'n yoshidan ishtirok eta boshladi. 2009-yili Qozog'istonda o'tgan Yevroosiyo chempionatida bir yo'la uchta medalni qo'lga kiritdi. Musobaqaning yakkama-yakka bellashuvida oltin, yakka va jamoaviy kompleks mashq bajarish bahslarida ikki kumush medal bilan taqdirlandi. 2010-yili AQShda o'tgan jahon kubogida oltin, 2011-yili Malayziyadagi xalqaro turnirda kumush medal oldi.

Ayrim ota-onalar sport bilan shug'ullanish farzandlarining o'qishiga, darslarni o'zlashtirishiga xalaqit beradi, deb hisoblaydi. Aksincha, sport o'g'il-qizlarni intizomga o'rgatishi, qat'iyatlik, mardlik va mustahkam irodani shakllantirishini Sardor misolida ham ko'rish mumkin.

Jomboy tumanidagi 23-umumta'lim maktabining 9-sinf o'quvchisi Sardor Yahyoyev ham a'lochilar qatorida e'tirof etilishi bejiz emas. Chunki, u barcha fan sirlarini, xorijiy tillarni puxta o'zlashtirmoqda. Shu bilan birga, ko'plab kitoblar o'qib, musiqa asboblarini chalishni o'rganmoqda.

– Xorijga, musobaqalarga borganda tengdoshlarimga yurtimiz tarixi, go'zal tabiati, sport bilan shug'ullanishimiz uchun yaratilgan keng imkoniyatlar haqida so'zlab berganimda ularning havasi kelayotganini ko'rib, g'ururlanaman, – deydi u.

Яна ўқинг:  МЎЪЖИЗА ЯРАТАЁТГАН ҚЎЛЛАР

Sardor bugun Samarqand olimpiya zaxiralari tayyorlash markazida karate bo'yicha viloyat terma jamoasi murabbiyi Munis Mahmudov rahbarligida bo'lajak musobaqalarga puxta hozirlik ko'rmoqda.

Bayram AYTMURODOV,

O'zA muxbiri

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: