Mehringiz dilga tutash

Muxlisa Donoboуeva hamda Umidjon Donoboyevlar Poytaxtimizning Hamza tumanidagi 155-maktabda a'lo baholarga o'qiydi. Opa-ukaning ahillikda chizgan rasmlari, yozgan she'rlari respublikamizning turli gazeta va jurnallarida chop etilgan. Muxlisa “Ona tabiat quchog'ida” Respublika tanlovida III o'rinni egallagan bo'lsa, Umidjon maktabida o'tkazilgan rasmlar tanlovida II o'rinni qo'lga kiritibdi. Ular yozgan she'rlarini gazetamizda e'lon qilingan tanlovga ham yuborishibdi.

Ishlaysiz tinim bilmay,

Farzandim deb erta-kech.

Mehringiz dilga tutash,

Zavol bilmang, Ota hech.

Avaylab doim bizni,

Kamolimiz ko'zlaysiz.

Kelajagimiz uchun,

Imkonlarni izlaysiz.

Hurmatingiz beqiyos,

E'zozlamoq o'yimiz.

Siz tufayli otajon,

Obod erur uyimiz.

Muxlisa DONOBOYEVA

Odobli bo'lgan bola,

Oilasiga manzur.

Ota-ona duoda,

Yashaydi qilib huzur.

Hamma unga o'xshasa,

Dunyo go'zal bo'ladi.

Yomonliklar yiroqlab,

Yaxshilikkа to'ladi.

Odobli bola doim,

O'qib uqib oladi.

Ko'makchidir barchaga,

Ahdga sodiq qoladi.

Umidjon DONOBOYEV

Яна ўқинг:  UYIMIZDAGI TOTUVLIK

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: