KELAJAKNING POYDEVORI

bugun bunyod bo‘ladi

Yosh avlodni sog‘lom va barkamol, zamon bilan hamnafas qilib tarbiyalash nafaqat ota-ona, balki maktabgacha ta’lim muassasalarining ham zimmasidagi mas’ulyatdir.

Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 486-maktabgacha ta’lim muassasasida ham bolajonlar ta’lim-tarbiyasi borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

MTM hovlisidagi bolalar o‘yin maydonchalari zamonaviy qiyofa kasb etgan. Shuningdek, mo‘jaz bog‘ gulzor bolalarning ongida obodonchilik madaniyatining shakllanishida zamin hozirlayotir.

Muassasada 9 ta guruh faoliyat ko‘rsatmoqda. Ayni damda ikkita ilk yosh, bitta kichik, ikkita o‘rta, ikkita katta va ikkita tayyorlov guruhlarida kichkintoylar bolalik damlarini maroqli o‘tkazmoqda.

Muassasada 20 nafar tarbiyachi – pedagog faoliyat yuritadi.

“Bolajon” davlat dasturi asosida katta va ilk yoshli guruhlarda alohida mashg‘ulotlar olib boriladi. Mashg‘ulotlarda bolalarda nutqni o‘stirish, to‘g‘ri talaffuz etish, nutqda erkinlik ko‘nikmalarini hosil qilish, topqirlik, hozirjavoblik qobiliyatini shakllantirishga e’tibor qaratilyapti. Shuningdek, sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlari va badiiy gimnastika orqali salomatlikka e’tibor qaratilsa, musiqa darsi go‘zallikni sevishga, rasm mashg‘ulotlari bolajonlarning tasviriy san’atga bo‘lgan iqtidorini yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Ha, bugungi kunda to‘g‘ri ta’lim-tarbiya olgan murg‘ak qalb egasi bir kun kelib, yurt ravnaqiga xizmat qiladi. Shu bois muassasa rahbari yosh bo‘lishiga qaramay o‘zining fidoyiligi, bolajonligi va mehribonligi bilan jamoaning ishonchini qozongan.

– Xodimlarimiz yosh avlodning tarbiyasiga mas’uliyat bilan yondoshadilar, – deydi muassasa mudirasi Umida Mavlonova. – Shirintoylarning barcha injiqliklari-yu erkaligini ko‘tarish, istak va talablarini bajarish, ularga bilim berish bolajonlarning do‘stiga aylana oladigan xodimgagina nasib etadi. Quvonarlisi, bizning pedagoglar ana shunday qobiliyatga ega. Muassasamizda ma’naviy tadbirlar, tanlov va musoboqalar, turli bayramlarning ko‘tarinki ruhda o‘tishida ularning xizmati beqiyosdir. Bolajonlarning chet tilini o‘rganishiga katta ahamiyat qaratilgan. Jajji kichkintoylar ingliz tilidagi harflarni bemalol talaffuz qiladi. SHe’r va qo‘shiqlar ijro etadi. Ota-onalar, maktab va mahalla bilan hamkorlikni ham yaxshi yo‘lga qo‘yganmiz. Ustoz-shogird an’anasi asosida yosh mutaxassislarni kasbga qiziqish va intilishlarini yanada rivojlantirishga erishilmoqda.

Joriy yilda bolajonlarga yanada yaxshi sharoit va imkoniyatlar yaratildi. Muassasa ta’mirlanib, xonalar shinam jihozlar bilan ta’minlandi. Panjaralar va bino fasadlari bo‘yoqdan chiqarilib, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Яна ўқинг:  Болалар манфаати – доимий ҳимояда

Bolalik bahorga o‘xshaydi. Bahor ba’zida injiq, ba’zida yomg‘irli, goh quyoshdek charog‘on. Ha, beg‘ubor bolajonlarni asrab-avaylash, sog‘lom va barkamol qilib tarbiyalash muhim vazifalardan biridir.

Barno AHMEDOVA

Muallif olgan surat

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: