Yo‘l harakati xavfsizligi bilimdonlari

O‘quv dargohimizda “Yo‘l harakat xavfsizligi oyligi”ga atab nazariy va amaliy mashg‘ulotlar rejadagidek olib borilmoqda.

O‘quvchilar bilan tez-tez “Yashil chiroq”, “Svetofor”, “Yo‘lingiz bexatar bo‘lsin!” kabi mavzularda guruhlararo turli suhbat va musobaqalar o‘tkazilayotir. Ayniqsa, pedagog Eshpo‘lat Shodiyev rahbarligidagi “Hamshiralik” yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlar ko‘pchilikda katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Keng maydonga piyodalar yo‘lagi, “ko‘cha” va “chorraha” chizib chiqilgan. Mashg‘ulot davomida bu yerda yo‘lchiroq va ko‘zga tez tashlanuvchi yorqin yo‘l belgilari qo‘yilgan. Tajribali pedagog darsni turli ko‘rgazmali qurol va tarqatma materiallardan unumli foydalangan holda o‘tdi. O‘quvchilardan, Mushtariy Rashidova, Maftuna Abdullayeva va Lola Farmonovalar yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini puxta o‘zlashtirganliklarini namoyish etishdi.

Shu kunlarda o‘quv dargohimizda “Yo‘l harakat xavfsizligi oyligi”ni namunali o‘tkazish uchun pedagoglardan Begimqul Rahmatov va Sharof Qarshiboyevlar turli mavzularda qiziqarli suhbatlar o‘tkazib, devoriy gazetalar chiqarishda o‘quvchilarga ko‘maklashmoqda.

 

Oysuluv MAHRAMOVA,

G‘allaorol tibbiyot kolleji o‘qituvchisi

Yana o‘qing:  7 kun davomida

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: