Milliy tarbiya mezonlari

Bolajonlik – xalqimizga xos azaliy qadriyat bo‘lib, farzand dunyoga kelishi ota-onaga ham, qarindosh-urug‘larga ham katta quvonch baxsh etadi. Kelgan kishilar uy egalarini yangi mehmon bilan qutlab: “umri bilan bergan bo‘lsin”, “baxtini ko‘ring”, deya yaxshi tilaklar bildirishadi.

Ota-ona farzandiga yaxshi niyat bilan ism qo‘yadi, shu kundan boshlab uning kelajagi va baxtini o‘ylaydi. Farzandini axloq-odobga o‘rgatish, o‘qitish, katta bo‘lganda biror kasb-hunar egasi bo‘lishiga ko‘maklashish ota-onaning zimmasidagi burchidir.

Qadimdan o‘g‘il bolalar ota yonida dastyor bo‘lib, uning hunarini egallagan, qizlar esa ona rusumini tutib kelishgan.

Sharqona tarbiyaga ko‘ra qiz bolalar bilan gaplashganda nafosat bilan sekin so‘zlashga o‘rgatiladi. Kattalarga tik qarash – hurmatsizlik, beodoblik sanalgan. Uyda keksalar yig‘ilganda ayollar yarim ovozda so‘zlashishgan. Yoshi ulug‘larning hurmatini bajo keltirish esa ularga ko‘r-ko‘rona itoat qilish emas, balki ularning turmush tajribalariga, bilimlariga hurmat belgisidir.

Qadimdan xalqimizning eng olijanob oilaviy an’analaridan biri – kechalari ota-onalar bolalari bilan tancha atrofida o‘tirib, tarbiya, odob-axloq haqida maroqli suhbatlar o‘tkazishlari bo‘lgan. Bunda ular o‘zbek xalq ertaklari, dostonlari orqali, farzandlarini to‘g‘ri yo‘lga boshlaganlar. O‘zbek xalqining turmush tarziga singib ketgan urf-odatlarimizning aksariyati kishini jismonan sog‘lom, e’tiqodli shaxs bo‘lib yetishishiga xizmat qiladi.

Axloqiy tarbiya ko‘p qirrali, uzoq davom etadigan jarayondir. Odatda bolaning fe’l-atvori, yurish-turishiga, muomala madaniyatiga qarab ota-onasi kim, oilada qanaqa tarbiya ko‘rgani haqida hukm chiqariladi.

Hayotning ko‘rki ham, chiroyi ham ayollardir. Ayol bor yerda mehr-vafo, orastalik, ezgulik bor. Qiz bola – hayosi bilan go‘zal. Go‘zallik bu faqat tashqi qiyofada emas, balki odob-axloq, farosat, pokizalik, olijanoblik, sharm-hayo, iffat, g‘urur, latofat, mehnatsevarlik kabi chin insoniy fazilatlarda namoyon bo‘ladi. Mana shular mujassamlashgandagina inson haqiqiy go‘zal bo‘la oladi. Go‘zallik dilni ravshan qila oladigan bir nurki, inson har vaqt shu nur tomon intiladi.

Qiz bola tarbiyasi jiddiy masala ekanligini inobatga olgan holda har bir inson bunga jiddiy yondoshib harakat qilmog‘i lozim. Ayniqsa, maktab, litsey va kollej o‘qituvchilarining galdagi mas’uliyatli vazifalaridir.

Bu vazifani anglagan holda Olmazor tibbiyot kollejida ham qizlarning tarbiyasi, odob-axloqiga katta e’tibor beriladi. Kollejimiz ustoz-murabbiylari ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha rahbar o‘rinbosari N.Daminova, I.Bahromov, kollej uslubchisi G.Mannonov boshchiligida o‘quvchilarmizni nafaqat yaxshi mutaxassis, balki komil inson bo‘lishlari uchun ta’limni tarbiya bilan uzviy bog‘lagan holda olib borishmoqda. Zero, bizning bosh maqsadimiz yoshlarmizni shu yurt, shu millat taqdiri bilan yashaydigan yetuk insonlar qilib tarbiyalashdir.

Yana o‘qing:  Jarrohlik amaliyotida xorij tajribasi

Nigora YUSUPOVA,

Olmazor tibbiyot kolleji o‘qituvchisi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: