Salmoqli natijalarga erishdik

Baxtiyor BOBONAZAROV,

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti katta o‘qituvchisi, oliy toifali shifokor, nefrolog:

– Chorak asrdan buyon tibbiyot sohasida faoliyat yuritib kelaman. Agar o‘tgan yilga nazar tashlasak, tibbiyot tizimida bir qancha salmoqli natijalarga erishdik. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan “Salomatlik – 3” dasturi asosida respublikamizning eng chekka viloyat va tumanlarida bo‘lib, “Fertil yoshidagi onalar va bolalar haftaligi” doirasida Toshkent pediatriya tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari va tor mutaxassislari tomonidan aholiga yuqori malakali xizmatlar ko‘rsatildi.

Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston xalqini, jumladan, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari va gazeta mushtariylarini Yangi yil bayrami bilan chin yurakdan tabriklayman. Ertalab uyg‘onishingizga bolajoningizning shirin kulgusi sabab bo‘lsin! Salomatlik doimo hamrohingiz bo‘lsin!

Vam mojet takje ponravitsya...

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: