Ushalmagan orzulari kelayotgan yil

Shodiya ABDUQODIROVA,

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist:

2016 yil oilamga atalgan yil bo‘ldi, desam yanglishmayman. Chunki, asosiy vaqtimni farzandimga bag‘ishladim. “Sog‘lom ona va bola yili”da bolajonimni har jihatdan sog‘lom bo‘lib ulg‘ayishi uchun doimo uning yonida bo‘lishga harakat qildim.

Uyda bo‘lsam-da bo‘sh vaqtimda o‘z ustimda ishladim, kasbiy mahoratimni oshiradigan kitoblarni mutolaa qildim. Qolaversa, o‘tib borayotgan yilda bir qancha filmlarda suratga tushdim. O‘zim uchun ayniqsa, “Saodat” filmidagi ona obrazim juda manzur bo‘ldi. Nasib bo‘lsa, yangi yilda ushbu kinokartinani tomosha qilishingiz mumkin.

Tilagim, baxtimga yaqinlarim, qadrdon muxlislarim doimo sog‘-salomat bo‘lishsin. 2016 yilda ularning ushalmagan orzulari kelayotgan yilda ro‘yobga chiqishiga tilakdoshman. Oilaviy baxt va xotirjamlik hech birimizni aslo tark etmasin. Yangi yilingiz muborak bo‘lsin, azizlar!

Yana o‘qing:  AN’ANAVIY TURNIR

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: